Moody's Buyuk Britaniya bo‘yicha prognozni «salbiy»ga tushirdi
Amerikaning Moody's reyting agentligi Buyuk Britaniya iqtisodiyoti prognozini «barqaror»dan «salbiy»ga tushirdi. Buning sababi - siyosiy notinchlik, zaif o‘sish istiqbollari va yuqori inflatsiya.
Amerikaning Moody's reyting agentligi Buyuk Britaniya iqtisodiyoti prognozini «barqaror»dan «salbiy»ga tushirdi. Agentlik mamlakatning suveren reytingini «Aa3» darajasida qoldirib, London yuqori ehtimollik bilan hali ham qarzlarini to‘lashi mumkinligini taxmin qildi. Biroq, agar joriy tendensiyalar davom etsa, reyting pasaytirilishi mumkin, deb xabar berdi agentlik 21 oktyabr, juma kuni.
Buyuk Britaniyaning kredit reytingi endi, shu jumladan siyosiy notinchlik tufayli ham pasaytirildi. 20 oktyabr kuni Buyuk Britaniya bosh vaziri Liz Trass atigi olti haftalik muddatdan so‘ng lavozimidan iste’foga chiqdi. Muxolifat muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishini talab qilmoqda, ammo bunga erisha olmaydi. Katta ehtimol bilan parlamentda ko‘pchilikni tashkil etgan konservatorlar o‘z saflaridan yangi bosh vazirni saylaydilar – Trassning o‘tmishdoshi Boris Jonson yana bosh vazir bo‘lishi mumkin.
Bularning barchasi funt sterling kursining tushishi, yuqori inflatsiya, xodimlar ish tashlashlari va Britaniya iqtisodiyotining zaif o‘sish istiqbollari fonida sodir bo‘lmoqda. Avvalroq AQShning boshqa reyting agentliklari Fitch va S&P ham Buyuk Britaniya reytingi bo‘yicha o‘z prognozlarini pasaytirgan edi.
Mavzuga oid
00:10 / 25.12.2024
Sun’iy intellekt diabet rivojlanish xavfini o‘nlab yillar oldin aniqlashga yordam beradi
03:11 / 24.12.2024
Britaniya dronlarga qarshi yangi turdagi radiochastotali qurolni sinovdan o‘tkazdi
18:56 / 22.12.2024
Britaniyalik harbiylar ommaviy ravishda armiyadan ketishni boshladi
21:42 / 19.12.2024