Qoraqalpog‘istonda HETK fermerlardan 2,3 mlrd so‘mni noqonuniy undirdi
“Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari" korxonasi elektr energiyasi ta’minotida zarur bo‘lgan vositalarni o‘rnatish uchun 170 fermerdan 2,3 mlrd so‘m mablag‘ni noqonuniy undirgan. Aslida, bu vazifa HETKning o‘zining zimmasida bo‘lgan.
Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi o‘tkazgan tekshirishlarda qoraqalpog‘istonlik fermerlardan elektr ta’minoti vositalari uchun noqonuniy mablag‘lar undirilgani aniqlandi.
Qonunchilik hujjatlarida elektr energiyasi ta’minotida zarur bo‘lgan vositalarni o‘rnatish “Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari” AJga yuklatilgan. Biroq Qoraqalpog‘iston HeTK o‘zining tabiiy monopoliya sub’yekti ekanidan foydalanib, ya’ni 170 ta tadbirkorlik sub’yektidan ushbu vositalar uchun 2,3 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ undirgan.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, qonunga zid undirilgan mablag‘larni fermerlarga qaytarish ishlar ketmoqda.
Shu bilan birga, “Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari” AJga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, tegishli choralar ko‘rilgan. Bu qanday chora ekaniga xabarda aniqlik kiritilmagan.
HETK aksilmonopol organning qarori ustidan sudga shikoyat qilgan. O‘zbekiston Oliy sudi Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining qarori bilan kassatsiya shikoyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi foydasiga hal qilingan.
Mavzuga oid
18:20 / 18.12.2024
O‘zbekiston 2025 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib beradi
23:12 / 12.12.2024
Samarqandda 5,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilindi
18:33 / 03.12.2024
Toshkentda 4 dekabr kuni elektr ta’minotidan uziladigan hududlar ma’lum qilindi
19:04 / 02.12.2024