O‘zbekiston | 10:42 / 26.10.2022
9683
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston orqali 120 tonna Xitoy choyi O‘zbekistonga multimodal yo‘nalishda jo‘natildi

20 oktabr kuni Chunsin (Markaziy Xitoy) shahridagi Tuanszetsun stansiyasidan Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha birinchi tranzit yuk poyezdi qatnovi amalga oshirildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Og‘irligi 120 tonnadan ortiq bo‘lgan Xitoy choyi temiryo‘l orqali Sinszyan provinsiyasiga jo‘nab ketgan. Yuk u yerdan avtomobil orqali Irkeshtam chegara punktiga yuboriladi va tovar 15 kunda O‘zbekistonga yetib keladi.

Ayni paytda Xitoy O‘zbekiston va Qirg‘izistonning eng yirik savdo sherigi hisoblanadi. «Bu Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha bozor talabidan kelib chiqib yo‘lga qo‘ygan birinchi charter tranzit qatnovidir», dedi gazeta muxbiriga bergan intervyusida «Chunsin-Sinszyan-Yevropa» logistika kompaniyasi marketing bo‘limi savdo menejyeri Chjan Juyyuy.

An’anaviy intermodal temiryo‘li yo‘nalishlari asosan Sinszyanning «Xorgos» nazorat-o‘tkazish punkti orqali o‘tadi. Yangi yo‘nalish esa «temiryo‘l+magistral» xalqaro multimodal konteyner tashish usulidan foydalanadi.

Mavzuga oid