O‘zbekiston | 12:23 / 28.10.2022
11115
1 daqiqa o‘qiladi

Aholisining o‘rtacha yoshi eng kichik bo‘lgan hudud ma’lum qilindi

Aholisining o‘rtacha yoshi eng kichik bo‘lgan hududlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz

2022 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida doimiy aholining o‘rtacha yoshi eng kichik bo‘lgan tuman va shaharlar orasida Chiroqchi tumani birinchi o‘rinni egalladi – 25,6 yosh.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan doimiy aholining o‘rtacha yoshi mos ravishda 26 yosh hamda 26,1 yosh bo‘lgan Uzun tumani va Urgut tumani joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • Baxmal tumani – 26,5 yosh;
  • Qo‘shrabod tumani – 26,5 yosh;
  • Boysun tumani – 26,5 yosh;
  • Dehqonobod tumani – 26,6 yosh;
  • Qamashi tumani – 26,7 yosh;
  • Bandixon tumani – 26,7 yosh;
  • Denov tumani – 26,7 yosh.

Mavzuga oid