O‘zbekiston | 08:53 / 29.10.2022
7861
1 daqiqa o‘qiladi

EPSILON (EDC): Karakara-1 qudug‘idan olinayotgan kunlik gaz hajmi 120 ming kubmetrni tashkil etdi

Foto: Epsilon

Joriy yil 29 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatidagi Karakara konining 1- sonli qudug‘ida olib borilgan mukammal ta’mirlash ishlari yakunlanib, GRP amaliyoti qo‘llanilgach, undan sanoat miqyosidagi gaz oqimi olindi.

Qazib chiqarilayotgan gazni respublika aholisiga yetkazib berish uchun bugun quduq gaz uzatish tizimiga ulanadi. Ishlar sanitariya-epidemiologiya va ekologiya qoidalariga rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda.

Epsilon Matbuot xizmati

Mavzuga oid