O‘zbekiston | 12:05 / 29.10.2022
7467
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda haydovchi vafot etdi

Cobalt mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan Nexia bilan to‘qnashgan.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 25 oktyabr kuni soat 20:00 larda Zafarobod – Arnasoy – Do‘stlik avtomobil yo‘lining Arnasoy tumani “Bobur” MFY hududidan o‘tgan qismida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

1983 yilda tug‘ilgan fuqaro Cobalt mashinasini Do‘stlik yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib kelayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan, Do‘stlik tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro boshqaruvidagi Nexia bilan to‘qnashgan.

Oqibatda, Cobalt haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq, Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda “Paxta-2022” nazorat tekshiruv postiga xizmatga ketayotgan IIB xodimi halok bo‘lgandi.

Mavzuga oid