Sport | 12:30 / 09.11.2022
24748
11 daqiqa o‘qiladi

«Barsa» dramatik bahsda iroda ko‘rsatdi, Mane jahon chempionati arafasida jarohatlandi. Kun o‘yinlari

Seshanba oqshomida Yevropa futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar.

Foto: La Liga

Ispaniya: Mansano — yulduzlar uchun dahshatli tush

Osasuna — Barselona 1:2
Gollar: D.Garsiya (6) — Pedri (48), Rafinya (85).
Osasuna – Fernandes, Vidal, Unai Garsiya, David Garsiya, Xuan Krus, Ruben Garsiya (Penya, 75), Moyses Gomes (Barxa, 83), Torro (Kike Garsiya, 59), Monkayola, Oros (Brashanats, 74), Chimi Avila (Budimir, 83).
Barselona – ter Stegen, Balde, Alonso, Kristensen (Gavi, 74), Alba, Buskets, de Yong, Pedri (Riad, 89), Levandovski, Dembele (Rafinya, 78), Ferran Torres (Fati, 78).
Ogohlantirishlar: Levandovski (11), Alba (37), Xuan Krus (45), David Garsiya (46), Torro (54), Monkayola (61), Balde (66).
Chetlatishlar: Levandovski (31), Pike (45+4, maydon tashqarisida).

Bir kun oldin ligadagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilgan «Real»ning qoqilishidan keyin ko‘k-anorranglilar navbatdagi turni madridliklar kabi yomon boshladi, «Osasuna» esa «Rayo»dan o‘rnak oldi. Tur arafasida beshinchi o‘rinda turgan pamplonaliklar ilk daqiqalardanoq hujumga tashlandi va David Garsiya burchak zarbasidan keyin boshi bilan darvoza to‘rini aniq nishonga oldi. Bu vaziyatda yana Buskets aybdor bo‘ldi, Pike ortidan u ham klubni tark etishiga jamoa muxlislari qarshi bo‘lmaydi. 

Pikening rahbariyat va bosh murabbiy bilan munosabatlari buzilishi «Barselona»dagi muhitga ta’sir qilmay qolmagan, maydonda ham muammolar davom etmoqda va Levandovski keraksiz vaziyatda ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi - bundan oldinroq qulay imkoniyatni ko‘kka sovurgandi. Polshalik hujumchi chetlatilgan vaziyatda juda o‘ng‘aysiz harakatlandi, to‘p trayektoriyasini hisobga olmagan holda oldinga yurib, qo‘li bilan raqib yuziga zarba berdi, buning uchun sariq kartochka berilishi — mantiqiy edi. U nimadan norozi bo‘lgani tushunarsiz va uning reaksiyasi — qo‘pollik qilgandagi harakati kabi ahmoqlik bo‘ldi.

Levandovski oxirgi bor maydondan chetlatilishi ham o‘yinning 31-daqiqasiga to‘g‘ri kelgandi — to‘qqiz yil oldingi bu voqea u Dortmundning «Borussiya» klubi sharafini himoya qilayotganida ro‘y bergandi. Uni maydondan chetlatgan Xesus Xil Mansano esa — yulduzlar kushandasi. U bungacha Luis Suares, Neymar, Beyl, Kazemiro va Messi kabi futbolchilarni maydondan haydagan.

Kuchlar noteng holatda «Barsa» tarkibidagi eng faol futbolchi Ferran Torres bo‘ldi. Uning bo‘lim oxiridagi goli kichik ofsayd tufayli hisobga olinmadi, ikkinchi bo‘lim boshida esa Jordi Albaning qanotdan bergan uzatmasidan keyin to‘p uchun ikki himoyachi bilan kurash olib borgan forvard Pedri hisobni tenglashtiruvchi golni urishiga imkoniyat yaratdi. O‘yin oxirida esa umidlarni hozircha oqlamayotgan Rafinya nihoyat o‘zini ko‘rsatdi - u yaqinda Xavidan o‘zini faqat o‘ng qanotda o‘ynatishni so‘raganini tan olgandi.

Murabbiy buni inobatga oldimi-yo‘qmi — buni o‘zi biladi. Ammo braziliyalik forvard odatiy pozitsiyasida o‘ynadi va odatiy bo‘lmagan gol urdi. Frenki de Yongning maydon markazidan turib bergan uzatmasidan keyin forvard raqib jarima maydoniga kirar-kirmas boshi bilan to‘pni darvozabon ustidan oshirib tashladi. Bu shedevr tufayli «Barsa» JCh-2022 tanaffusiga turnir jadvalida yaqqol yetakchi sifatida yo‘l oldi - «Real» bilan oradagi farq hozircha 5 ochko.

Italiya: Milanda quruq o‘yin

Napoli — Empoli 2:0
Gollar:
Losano (69, penalti), Zelinski (88).
Napoli – Meret, Di Lorenso, Estigor, Kim Min Je, Ruy, Lobotka (Demme, 90), Zambo-Angissa, Ndombele (Zelinski, 64), Politano (Elmaz, 64), Osimhen (Simeone, 90), Raspadori (Losano, 64). 
Empoli – Vikario, Stoyanovich, Luperto, Ismayli, Parizi, Marin (Ekong, 85), Xaas (Akpa-Akpro, 59), Bandinelli (Grassi, 73), Baldansi (Henderson, 73), Bayrami, Satriano (Lammers, 59).
Ogohlantirishlar: Bandinelli (15), Satriano (22), Luperto (39), Estigor (57), Parizi (61), Henderson (90).
Chetlatish: Luperto (74).

Kvaratsxeliyasiz o‘ynayotgan «Napoli» o‘tgan turda to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatchisi «Atalanta»ni safar o‘yinida qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, mag‘lub etgandi. Bunday muvaffaqiyatdan keyin chempionat yetakchisi «Empoli» ustidan oson g‘alabaga erishi kutilgandi. Lekin A seriyada 14-pog‘onada joylashgan bu jamoa birinchi bo‘limda neapolitanliklar hujumlarini ishonch bilan qaytarib turdi.

Luchano Spalletti Xvicha yo‘qligida Zelinskiga ham dam berib, xato qilgandek ko‘rindi. Natijada jamoa faqat birdaniga uch futbolchi - Zelinski, Losano va Elmaz maydonga tushirilgach, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Osimhenning sa’y-harakatlari bilan ishlangan 11 metrlik jarima zarbasini meksikalik hujumchi aniq ijro etdi.

Bu vaziyatda Losano penaltichilar kushandasi bo‘lgan Vikarioning seriyasiga barham berdi. Darvozabon bu safar ham zarba yo‘nalishini topgandi, ammo to‘p uning qo‘llari orasidan o‘tib ketdi. O‘tkazib yuborilgan gol va ko‘p o‘tmay bir futbolchi chetlatilishi (Losanoga qo‘pollik uchun) «Empoli»ning sensatsiya uchun imkoniyatlarini nolga tushirib yubordi, mehmonlarni uzil-kesil taslim qiluvchi zarba yana jokerlar ijrosida bo‘ldi — Losano to‘pni qanotdan uzatib berdi va Zelinski bir teginishda qaytarib bo‘lmas zarba yo‘lladi.

Kremoneze — Milan 0:0
Kremoneze – Karnezekki, Byanketti, Vaskes, Ayvu, Valeri (Kualyata, 88), Gilone (Sernikola, 62), Meyte, Kastanetti (Pikel, 70), Eskalante, Chiofani (Okereke, 63), Afena-Gyan (Buonayuto, 63). 
Milan – Teterushanu, Ker, Tomori, Tiav (Kalulu, 60), Ballo-Ture, Binnosir, Dias (de Ketelare, 74), Tonali (Krunich, 83), Messias, Rebich (Lazetich, 83), Origi (Leau, 60).
Ogohlantirishlar: Gilone (47), Vaskes (67), Leau (78), Valeri (85), Lazetich (87), Meyte (87), de Ketelare (90).

«Milan» esa joriy mavsumda biror o‘yinda g‘alaba qozonmagan jamoani yenga olmadi. Holbuki «Napoli»dan farqli o‘laroq, amaldagi chempionlar birinchi bo‘lim o‘rtalariga kelib kamida ikkita gol urishi mumkin edi. Ammo bu vaziyatlarda to‘p darvozaga kirishni istamadi, tanaffusdan keyin Origi hisobni ochgandek bo‘lganida VAR ofsayd qayd etdi.

O‘yin yakunida «rossoneri»larga so‘nggi daqiqalarda o‘yinni hal qilishi mumkin bo‘lgan Jiru yetishmadi. Ammo fransuz futbolchisi o‘tgan turdagi qahramonligidan keyin hissiyotga berilib futbolkasini yechgani tufayli qizil kartochka olgandi. Stefano Pioli jamoasida esa safar o‘yinlari kompleksi yuzaga kelmoqda — bu mavsumda jamoa chempionatdagi yetti safar o‘yinidan to‘rttasida g‘alaba qozona olmagan. O‘tgan mavsum oxirigacha esa bunday o‘yinlar jami beshta bo‘lgandi.

Germaniya: Dortmund uchun shok va bavarcha tor-mor etish

Volfsburg — Borussiya D 2:0
Gollar: van de Ven (6), Nmecha (90+2).
Volfsburg – Kastels, Bornauv, van de Ven, Paulo Otavio, Kaminski (Russiyon, 88), Arnold, Gerhardt, Nmecha (Svanberg, 88), Baku, Vind (Nmecha, 75), Marmush (Vimmer, 58). 
Borussiya D – Kobel, Zyule (Azar, 71), Hummels, Shlotterbek, Gerreyru, Brandt, O‘zjan (Pashalich, 80), Bellingem, Malen (Modest, 70), Adeyyemi (Reyna, 61), Mukoko.
Ogohlantirishlar: Nmecha (45), Marmush (54), Paulo Otavio (63), Nmecha (76), Hummels (84), Modest (90+5).

Mavsum startini juda yomon o‘tkazgan «Volfsburg» asta-sekin Niko Kovachning talablariga javob bera boshladi va 18 sentabrdan buyon mag‘lubiyatga uchramayapti. Ayniqsa «bo‘rilar»ning so‘nggi ikki o‘yini taassurot uyg‘otadi - bu o‘yinlarda jami 7:0 hisobidagi ustunlik qayd etildi. Avjiga chiqqan jamoa «Borussiya» darvozasiga tezkor gol urdi.

Dortmundliklar esa hududiy ustunlikka ega bo‘lsa-da, javob golini ura olmadi. Birinchi bo‘lim oxirida zarbalardan biri ustundan qaytdi. Ikkinchi bo‘limda «asalarilar»da imkoniyat ko‘proq bo‘ldi, ammo qarshi hujumlar uchun keng hududlarga ega bo‘lgan «Volfsburg» doimiy ravishda tahdid solib turdi va oxir-oqibat bundan foydalandi. Aftidan, chempionatdagi tanaffusga Dortmund kuchli uchlikdan tashqarida yo‘l oladi.

Bavariya — Verder 6:1
Gollar: Musiala (6), Gnabri (22, 28, 82), Goretska (26), Tel (84) — Yung (10). 
Aniq ijro etilmagan penalti: Shupo-Moting (18).
Bavariya – Noyyer, Mazraui, Upamekano, Pavar, Ernandes (Zabitser, 57), Goretska (Gravenberh, 71), Kimmi, Shupo-Moting (Koman, 57), Mane (Sane, 20), Gnabri, Musiala (Tel, 71). 
Verder – Pavlenka, Vayzer, Velkovich (Shtark, 46), Fridl, Piper, Yung, Gross (Rapp, 88), Bitenkur (Shmid, 62), Gruyev (Stage, 59), Duksh, Berk (Dinkchi, 59). 

Myunxendagi o‘yinni jamoalar juda tetik boshlashdi, mavsumni juda yorqin o‘tkazayotgan Musialaning navbatdagi goli bremenliklarni izdan chiqara olmadi va tezda hisob tenglashdi. Keyin esa mehmonlar penaltini qaytarishdi, Shupo-Moting bu vaziyatni qo‘ldan chiqarib, yetti o‘yin davom etgan golli seriyasini to‘xtatdi. Ammo mezbonlar katta kuch bilan oldinga tashlanishda davom etishdi va ularni to‘xtatishning amalda iloji yo‘q edi va Gnabri to‘pni aylantirib, darvoza burchagiga yo‘llagan holda yirik hisobni boshlab berdi.

Gnabri shu kuni het-trik qayd etdi, barchasi hal bo‘lgach maydonga tushirilgan 17 yoshli Tel esa joriy mavsumda uchinchi golini urdi. Ammo bu o‘yinda mezbonlar uchun noxush voqea ham sodir bo‘ldi, JCh-2022 boshlanishiga oz fursat qolganida senegallik hujumchi Sadio Mane jarohat oldi.

Kun statistikasi

  • Top-5 ligalarda joriy mavsumda ikki jamoa hali g‘alaba nimaligini bilmayapti — «Kremoneze» va «Elche».
  • Joriy mavsumda «Bavariya» 3-bor tanaffusga qadar to‘rt gol urdi. Yana bir shunday o‘yin o‘tkazilsa, myunxenliklar 1978/79 yillar mavsumida bundesligada o‘zi o‘rnatgan rekordni takrorlaydi.
  • «Napoli» safida joriy mavsumda 5 nafar turli futbolchi penaltidan gol urdi. Bu top-5 ligalar uchun maksimal ko‘rsatkich.

Mavzuga oid