O‘zbekiston | 08:33 / 12.11.2022
9589
4 daqiqa o‘qiladi

Korporativ munosabatlar sohasida qator talablar bekor qilinmoqda

Prezident tomonidan “Korporativ munosabatlar huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.

Hujjat 2022 yil 1 dekabrdan qator talablar bekor qilinishini nazarda tutmoqda. Quyidagi tashkilotlarda ichki audit xizmatini tashkil etish:

  • MChJlarda (aktivlari balans qiymati BHM 100 000 baravaridan ko‘p bo‘lgan davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan MChJlar, kredit tashkilotlaridan tashqari);
  • aktivlari balans qiymati BHM 100 000 baravaridan kam bo‘lgan davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan AJ va DUKlarda;
  • MChJ ta’sis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish; 
  • MChJ yuridik shaxs hisoblangan ishtirokchilari vakillariga umumiy yig‘ilishda ishtirok etish uchun beriladigan ishonchnomani notarial tartibda tasdiqlash;
  • MChJ tashkil etilganda zahira jamg‘armasini ustav fondning kamida 15 foiz etib belgilash.

Endilikda Oliy sud tegishli vazirliklar bilan:

  • har oyda Oliy sud rasmiy saytida, qonun hujjatlari milliy bazasida va ijtimoiy tarmoqlarda korporativ nizolarni ko‘rish natijasi bo‘yicha sud qarorlarini egasizlantirilgan holda e’lon qilib boradi;
  • har chorakda korporativ nizolar mavzusida sudya va xo‘jalik jamiyatlari vakillari ishtirokida seminar va davra suhbatlarini tashkillashtiradi.

2023 yil 1 yanvardan boshlab davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan jamiyatlar kuzatuv kengashlari va ishtirokchilar (aksiyadorlar) umumiy yig‘ilishlari bayonnomalari o‘n kunlik muddatda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Davlat mulki» tizimida e’lon qilinadi.

2023 yil 1 martdan unitar korxona va qo‘shimcha mas’uliyatli tashkilot shaklida yuridik shaxs tashkil etishga qo‘yilmaydi, 2025 yil 1 yanvarga qadar esa mazkur shakldagi yuridik shaxslar boshqa shaklda qayta tashkil etiladi.

2023 yil 1 martdan boshlab Moliya vazirligi ikki kunlik muddatda OAV va (yoki) o‘z saytida quyidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi: qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, uni to‘xtatib turish, amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topish; qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya berish, uning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, litsenziyani bekor qilish; qimmatli qog‘ozlar bozorida qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishi, xizmatlarni ko‘rsatish va (yoki) ishlarni bajarish huquqini beruvchi malaka sertifikatini berish.

2023 yil 1 apreldan boshlab: 

  • MChJ ustav fondiga qo‘shiladigan, qiymati BHM 10 000 baravaridan ko‘p bo‘lgan pulsiz hissalar baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi va baholangan qiymatdan yuqori bo‘lishi mumkin emas;
  • yuridik shaxslar qo‘shib yuborish, qo‘shib olish va tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirish orqali qayta tashkil etilganda, korxonalar huquq va majburiyatlari, topshirish hujjatida ko‘rsatilgan yoki ko‘rsatilmaganidan qat’i nazar, qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga o‘tgan hisoblanadi;
  • xo‘jalik jamiyatlari kuzatuv kengash aksiya, korporativ obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bo‘yicha qarorlari muhim fakt sifatida oshkor qilinadi;
  • 2023 yil 1 iyuldan boshlab xo‘jalik jamiyati filiallari, vakolatxonalari tashkil etilgani va uning ustav fondi shakllantirilgani hamda to‘lovga qobiliyatsizligi yuzasidan ish qo‘zg‘atilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar YaIDXPda e’lon qilinadi.

Mavzuga oid