O‘zbekiston | 22:19 / 12.11.2022
19743
1 daqiqa o‘qiladi

Xiva shahri hokimi jarimaga tortildi

Xorazm viloyati, Xiva shahrining hokimi Davletov Temur Ismoilovich intizomiy jazoga tortildi. 

Foto: Xorazm viloyati hokimligi

Viloyat hokimi Farhod Ermanov farmoyishiga ko‘ra, u Mehnat kodeksining 181-moddasi 2-bandiga asosan, o‘rtacha oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarimaga tortildi.  

Jazo sababi sifatida «Ish faoliyati davomida o‘z vazifasiga mas’uliyatsizligi va o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishdagi kamchiliklari» ko‘rsatilgan. 

Davletov Temur Ismoilovich 2020 yil dekabr oyidan buyon Xiva shahri hokimi sifatida ishlab kelmoqda. 

Mavzuga oid