Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya G20 sammitida Rossiya delegatsiyasini boykot qilmoqchi
Nufuzli tadbir ishtirokchilari Rossiya vakillarining nutq so‘zlashiga to‘sqinlik qilmoqchi.
15-16 noyabr kunlari Indoneziyaning Bali orolida G20 sammiti bo‘lib o‘tadi, unda turli davlat rahbarlari, jumladan, AQSh prezidenti Jo Bayden va Xitoy yetakchisi Si Jinping ishtirok etadi.
Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar va Buyuk Britaniyada esa ushbu tadbir uchun alohida reja bor. Ular Rossiya delegatsiyasini izolyatsiya qilish va uning chiqishlarini boykot qilish choralarini ko‘rmoqchi. Bu haqda Yevropa tashqi ishlar xizmati vakiliga tayangan holda The Telegraph yozdi.
Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan keyin, G‘arb davlatlari sammit mezbonidan Rossiya Federatsiyasini tadbirda ishtirok etishdan chetlatishni so‘ragan edi. Agar bu amalga oshmasa, sammitni boykot etish bilan tahdid qilishdi.
Bosimlarga qaramay, Indoneziya Rossiya prezidenti Vladimir Putinga va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga taklif yubordi.
Sammit boshlanishiga bir necha kun qolganida Rossiya va Ukraina prezidentlari Bali oroliga bormasligi ma’lum bo‘ldi. Shu bois Rossiyadan tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ishtirok etadi. Biroq, G‘arb Rossiya vakilining nutq so‘zlashiga to‘sqinlik qilishni rejalashtirmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, yevropaliklar o‘z sheriklarining Rossiya delegatsiyasi a’zolari, jumladan, Lavrov bilan uchrashishiga yo‘l qo‘ymaslikni maqsad qilgan. Shuningdek, ular Rossiya vakili nutqi paytida zaldan chiqib ketmoqchi. Taxminlarga ko‘ra, Italiya, Germaniya, Ispaniya va Fransiya ham Rossiyani izolyatsiya qilishga faol hissa qo‘shmoqchi.
Mavzuga oid
22:44 / 22.12.2024
YeI Ukrainaga qarshi boshlangan urushga uch yil to‘lishi munosabat bilan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlamoqda
21:05 / 22.12.2024
Qatar Yevropaga gaz yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi
16:46 / 16.12.2024
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 15-paketini qabul qildi
22:41 / 11.12.2024