Sport | 15:03 / 18.11.2022
23965
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Qatar mundial yulduzlarini kutmoqda

20 noyabr kuni Qatarda 22-jahon chempionati bahslari boshlanadi. Qatar arab olami va Yaqin Sharqdagi ilk mundialga jiddiy tayyorlanmoqda.

Foto: Tribuna.uz

Shahar ko‘chalarida jahon chempionatini eslatib turuvchi suratlar juda ko‘p. Dohadagi baland binolarda mashhur futbolchilarning suratlarini ko‘rish mumkin. Stadionlar atrofida asta-sekin muxlislar ko‘paya boshlagan. Bugun, 18 noyabrdan boshlab ko‘chalarda muxlislar oldingi kunlardagiga qaraganda ko‘proq.

Hozircha Qatar ko‘chalarida eng ko‘p Argentina va Braziliya milliy jamoasi liboslaridagi muxlislarni uchratish mumkin. Ularning hammasi ham janubiy amerikalik emas, asosan hindistonlik va boshqa mamlakatdan kelganlar shu ikki jamoa libosida yurishibdi.

Muxlislarni asosan shahar markazidagi FIFA muxlislar festivali o‘tadigan hududda, stadionlar oldida va chipta sotiladigan yerlarda uchratish mumkin.

O‘tkir Jalolxonov

Mavzuga oid