O‘zbekiston | 08:52 / 18.11.2022
4308
4 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda ichimlik suvi ta’minotini rivojlantirish konsepsiyasi e’lon qilindi
“2023-2035 yillarda O‘zbekiston ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarishni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident farmoni loyihasi e’lon qilindi.
2023 – 2035 yillarda O‘zbekiston ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarini chiqarishni rivojlantirish konsepsiyasi, 2023-2035 yillarda O‘zbekiston ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarini chiqarishni rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarni 2023-2025 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanadi.
Konsepsiya ustuvor yo‘nalishlari etib:
- aholini ichimlik suvi ta’minoti xizmatlari bilan to‘liq va tun-u kun ta’minlash samarali yo‘nalishlarini belgilash;
- mavjud ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish tizimlarini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilish, yangilarini yaratish;
- ichimlik suvi va oqova suvlarni tozalash inshootlari va tarmoqlari xavfsizligini ta’minlash, eskirish ilg‘or tiklanishini ta’minlaydigan hajmlarda ta’mirlash ishlarini olib borish;
- ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish sektorini boshqarish, moliyalashtirish va sarflash samarali tizimini joriy etish;
- ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish tarmoqlarini iqtisodiyot va aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib takomillashtirish va rivojlantirish, davlat strategik vazifalarini hal etish;
- belgilangan maqsadlarga erishish uchun ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish tashkilotlari o‘quv hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
- ichimlik suvi ta’minoti tizimlari va oqova suvlarni chiqarish faoliyati atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish;
- ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish tizimini rivojlantirishni davlat siyosati va tartibga solish asosi sifatida kommunal soha me’yoriy-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish;
- ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish sohasini malakali mutaxassislar bilan ta’minlash belgilansin.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, «O‘zsuvta’minot»:
- a) konsepsiyada belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish orqali 2035 yilgacha: ichimlik suvi xizmatlari qamrovini 69,7 foizdan 91,2 foizga oshirishga; oqova suv chiqarish xizmatlari qamrovini 17 foizdan 31 foizga oshirishga erishilishini;
- b) Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda «O‘zsuvta’minot» balansida bo‘lgan va davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektorga o‘tkaziladigan ichimlik suvi ta’minoti hamda oqova suvlarni chiqarish inshootlari ro‘yxati Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;
- v) Oliy ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2023 yil 1 dekabrga ichimlik suvi ta’minoti tizimi rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish tizimini takomillashtirish yuzasidan: uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini, moliyalashtirish manbaini tashkil etish shakllari, tartibi va bosqichlarini aniq ko‘rsatuvchi; "O‘zsuvta’minot" rahbar xodimlarini uzluksiz malaka oshirish va attestatsiyadan o‘tkazish, uzluksiz malaka oshirish tizimini amaliyotga joriy etish, ularga doimiy ravishda kasbiy o‘z-o‘zini rivojlantirish imkoniyatini beruvchi takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlaydi.
Mavzuga oid
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
12:10 / 20.11.2024
O‘zbekistonda foydalaniladigan suv resurslari 90 foizi qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri kelyapti
08:48 / 08.11.2024
Suv tannarxi oshib ketayotgan hududlar ma’lum qilindi
21:48 / 28.10.2024