Sport | 17:38 / 18.11.2022
13571
2 daqiqa o‘qiladi

Svetlana Osipova – taekvondo bo‘yicha jahon chempioni

​​​​​​​Svetlana Osipova Meksikadagi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritib, taekvondo bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan birinchi o‘zbekistonlik qizga aylandi.

Foto: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi

Meksikada o‘tayotgan taekvondo bo‘yicha jahon chempionatida, ayollar o‘rtasida +73 kg vazn toifasida bahs olib borgan o‘zbekistonlik Svetlana Osipova barcha raqiblarni mag‘lub etdi va jahon chempioni bo‘ldi.

E’tiborlisi, o‘zbek taekvondosi tarixida bugungi kungacha hech kim ayollar o‘rtasida Jahon chempioni bo‘lmagandi.

Dastlab AQSh vakilasi ustidan g‘alaba qozongan Osipova chorak finalda Marokash, yarim finalda avstriyalik raqibalarini ham mag‘lubiyatga uchratdi.

Foto: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi

Finalda isroillik Dana Arzanga qarshi chempionlik uchun dayanga chiqqan Svetlana 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Foto: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi
Foto: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi

JChda ishtirok etgan o‘zbekistonlik Jasur Jaysunov (-74 kg) va Marat Mavlonov (+87 kg) medallar uchun kurashni erta tark etdi.

Mavzuga oid