Kurdlar javob qaytardi. Turkiya hududiga raketa zarbalar berildi, qurbonlar bor
Bundan oldinroq Turkiya harbiy-havo kuchlari kurdlarning Suriya va Iroq shimolidagi pozitsiyalarini o‘qqa tutgandi.
Turkiyaning G‘oziantep viloyati Karkamish shahri o‘qqa tutilishi oqibatida kamida uch kishi halok bo‘lib, olti kishi yaralandi. Bu haqda Daily Sabah Turkiya IIV rahbari Sulaymon Soyluga asoslanib xabar tarqatdi.
CNN Turk xabariga ko‘ra, Turkiya chegarasida joylashgan shaharga beshta raketa kelib tushgan. Maktab, ikki uy va yuk mashinasi zarbaga uchragan. Rasmiylarga ko‘ra, raketalar Suriyaning Kobani shahridan (Ayn-al-Arab) uchirilgan.
Civil areas were targeted in the attack carried out by the YPG/PKK on Karkamış, a border town in Turkey. Civilian vehicles burned. Schools were damaged. pic.twitter.com/NhJoBsQxfW
— Levent Kemal (@leventkemaI) November 21, 2022
Turkiya hukumati hujumda Kurdiston ishchi partiyasi va «O‘z-o‘zini himoya qiluvchi xalq otryadlari» (Turkiya ularni terrorchi guruhlar deb biladi)ni aybladi.
Turkiya mudofaa vazirligi 20 noyabr tongida mamlakat harbiy-havo kuchlari samolyotlari Suriya va Iroq shimolida kurdlarning pozitsiyalariga, jumladan chegaraga yaqin joylashgan strategik ahamiyatga ega shahar bo‘lmish Kobanidagi nishonlarga zarbalar bergani haqida xabar qilgandi. OAV bu zarbalar oqibatida kurdlarning Suriya demokratik kuchlari partiyasining 30 nafar atrofidagi vakili halok bo‘lgani yoki yaralangani, bundan tashqari, suriyalik harbiylardan kamida 15 nafari hamda 14 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lganini ma’lum qilgan.
Shu kuni, Turkiya IIVga ko‘ra, kurd jangarilari Suriya hududidan granatomyotlar orqali chegaradagi Unjupinar nazorat-o‘tkazish punktini (sakkiz nafar turk chegarachisi jabrlangan), shuningdek, Karkamishdagi aholi yashamaydigan hudud (hech kim jabrlanmagan)ni o‘qqa tutgan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 21 noyabr kuni turk qo‘shinlari Suriya va Iroqda havo amaliyoti o‘tkazgani, chunki AQSh va Rossiya chegara hududlarida 30 kilometrlik xavfsizlik zonasi barpo eta olmaganini aytgan. Erdo‘g‘anning aytishicha, 2019 yilda Rossiya Iroq va Suriya shimolini terrorchilardan «tozalash»ni va’da qilgandi. «Ammo Moskva o‘z burchini bajarmagan va bajarishdan bosh tortmoqda», deya uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi. Erdo‘g‘an Turkiya Suriya shimolini «tozalaydi» va xavfsizlik zonasi haqida e’lon qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya qo‘shini Suriya va Iroqda quruqlik amaliyoti o‘tkazishga tayyor.
Mavzuga oid
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
11:37 / 22.12.2024
O‘g‘rilikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
20:38 / 20.12.2024
Erdo‘g‘an Suriya shimolidagi terrorchilarni zararsizlantirish vaqti kelganini aytdi
17:42 / 20.12.2024