Argentina ustidan g‘alaba munosabati bilan Saudiya Arabistonida dam olish kuni e’lon qilindi
Qatarda o‘tayotgan JCh-2022 1-turi doirasida Saudiya Arabistoni Argentina ustidan sensatsion g‘alabaga (2:1) erishgach, mamlakatda dam olish kuni e’lon qilindi.
Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdul Aziz Ol-Saud futbol bo‘yicha milliy jamoaning muhim g‘alabasi munosabati bilan mamlakatda ertaga, 23 noyabr, chorshanbani dam olish kuni deb e’lon qildi.
Unga ko‘ra, barcha davlat va xususiy tashkilot xodimlari, talaba va maktab o‘quvchilari dam olishadi.
Eslatib o‘tamiz, Argentina ustidan qozonilgan g‘alaba Saudiya Arabistoni milliy jamoasining jahon chempionatlari tarixidagi 4-g‘alabasiga aylandi. Bu orqali JCh-2022 g‘olibligiga da’vogar sifatida e’tirof etilgan Argentinaning 36 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘yildi.
Mavzuga oid
18:07 / 24.12.2024
Saudiya Arabistonidagi ko‘zgusimon megashaharni robotlar quradi
15:04 / 22.12.2024
Magdeburgdagi yarmarkaga hujum. Hozirgacha nimalar ma’lum?
23:55 / 03.12.2024
Saudiya Arabistoni mashinissiz boshqariladigan dunyodagi eng uzun metroni ishga tushirdi
15:20 / 03.12.2024