Ronaldu «Manchester Yunayted»ni tark etdi
Klub va futbolchi o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilishdi.
Klub portugaliyalik hujumchi o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilganidan so‘ng darhol jamoani tark etishini e’lon qildi.
Futbolchi ham buni tasdiqladi.
«Klub bilan muzokaralardan so‘ng shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga kelishib oldik. «Yunayted»ni va muxlislarini yaxshi ko‘raman — bu hech qachon o‘zgarmaydi. Shu bilan birga, men uchun yangi sinovlarni izlash vaqti kelganini his qilyapman.
Jamoaga mavsumning ikkinchi qismida ham, kelajakda ham muvaffaqiyatlar tilayman», — deya 37 yoshli portugaliyalikning so‘zlarini keltiradi The Telegraph.
Oldinroq Krishtianu shov-shuvli intervyu berib, klub rahbariyati va bosh murabbiy Erik ten Hagni tanqid qilgandi.
Ronaldu 2003-2009 yillarda «MYu»da o‘ynagan va 2021 yil jamoaga qaytgandi. U bu mavsumda mankunianliklar safida 16 o‘yinda 3ta gol urgan va 2ta golga assistentlik qilgandi.
Mavzuga oid
11:45 / 27.12.2024
Holand penaltidan ham gol urolmadi, «Chelsi» kambek qurboni. APLda Boxing day
12:24 / 16.12.2024
«Barsa» yana autsayderga yutqazdi, «Siti» kambek qurboni. Kun o‘yinlari
11:06 / 14.12.2024
Husanov transfer bahosi bo‘yicha Ronaldu bilan tenglashdi
10:17 / 05.12.2024