Saudiya Arabistoni O‘zbekistonga avtomobil moylari eksportini boshlashi mumkin
O‘zbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Innovation Trans Oil kompaniyasi bosh direktori J.G‘iyosov va Saudiya Arabistonining The Arabian Petrolium Supply Co. (APSCO) kompaniyasi savdo menejyeri M.Rahmon o‘rtasida muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, mahsulotlar eksportini boshlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
M.Rahmon APSCO kompaniyasi faoliyati, ishlab chiqarayotgan mahsulotlari va ularning dunyo bo‘ylab eksport yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishtirdi. Muloqot chog‘ida APSCO kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobil moylarini O‘zbekistonga, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan karton mahsulotlarini Saudiya Arabistoniga eksport qilish takliflari muhokama etildi.
Bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasida bildirilgan takliflarni puxta o‘rganish va amaliy ishlarni boshlash, Innovation Trans Oil va APSCO kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik bitimini ishlab chiqish hamda imzolashga kelishib olindi.
Mavzuga oid
18:07 / 24.12.2024
Saudiya Arabistonidagi ko‘zgusimon megashaharni robotlar quradi
15:04 / 22.12.2024
Magdeburgdagi yarmarkaga hujum. Hozirgacha nimalar ma’lum?
23:55 / 03.12.2024
Saudiya Arabistoni mashinissiz boshqariladigan dunyodagi eng uzun metroni ishga tushirdi
15:20 / 03.12.2024