Jamiyat | 12:52 / 23.11.2022
9599
2 daqiqa o‘qiladi

“Bolamning bolalari yetim bo‘lib qolmasin”  – farzandining dardi oldida ojiz onaning iztiroblari

Hayotda hammaning o‘ziga yarasha tashvishi bor. Kimdir dard, kimdir yo‘qchilik yana kimdir boshqa narsa bilan sinaladi. Endigina 31 yoshni qarshilagan Iskandar ham yo‘qchilik, ham dard oldida ojiz qoldi.

Otasidan keyin oilaning yolg‘iz boquvchisiga aylangan yigitni jigar sirrozi yiqitdi. Onasi Muhabbat opa o‘g‘lining boshida parvona bo‘larkan, bir tomondan bolasidan ayrilishdan qo‘rqsa, bir tomondan ikki nabirasining yetim qolishidan xavotirda.

“O‘g‘limga gepatit B, D, jigar sirrozi, jigar yetishmovchiligi tashxislari qo‘yilgan. Shu kasalliklarga qarshi davolanyapti. Topganimiz davolanishga zo‘rg‘a yetib turibdi.

Shifokorlar zudlik bilan operatsiya qilish kerakligini aytishyapti. Jigar ko‘chirib o‘tkazish kerak ekan. Bu operatsiya Hindistonda qildirilarkan. Bolam ikkinchi guruh nogironi. O‘zining pensiyasi dorilariga urvog‘am bo‘lmayapti.

Turmush o‘rtog‘im vafot etganlar. Yolg‘iz boquvchimiz shu edi. Hozir hayotini saqlab qolish uchun qayerdan mablag‘ olishni ham bilmayapmiz. Bolamning bolalari yetim bo‘lib qolmasin, deb kun-u tun duodaman”, deydi onaizor o‘kinch bilan.

Yurtimizda saxovatpesha insonlar bor ekan, onaizorning nolalari besamar ketmasligiga ishonamiz.

Iskandar Parmonovga oid ma’lumotlar: kartalar bemorning nomida

Uzkard: 8600 0604 8356 3624

Humo: 9860 0825 0915 5543

Manzil: Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani, “Mirzacho‘l” MFY, Nayman ko‘cha 30-uy.

Mavzuga oid