Jahon | 00:22 / 26.11.2022
10356
2 daqiqa o‘qiladi

Pekinda koronavirus avj olgani tufayli yangi cheklovlar kiritilmoqda 

Xitoy poytaxtida do‘konlar, restoranlar, savdo markazlari va ofis binolari, turar joy majmualari yopilmoqda. 

Foto: AP

Covid-19 kasalligi holatlari rekord darajada oshgani sababli, Xitoy o‘zining koronavirus tarqalishiga qarshi siyosati doirasida bir qator qat’iy choralarni, shu jumladan, shahar va qishloqlarni yopish, ommaviy test topshirishlar va virus aniqlangan shaxslarni karantinga olishni kuchaytirmoqda. Cheklovlar janubdagi Guanchjoudan shimoldagi Pekingacha bo‘lgan shaharlarni qamrab oladi. 

Xitoy poytaxtida joriy qilingan chora-tadbirlar boshqa hududlarga qaraganda unchalik qat’iy bo‘lmasa-da, shaharda normal hayot jiddiy ravishda buzilgan va cheklovlar qachon bekor qilinishi hozircha noma’lum. 

Yuzlab do‘konlar, restoranlar, savdo markazlari va ofis binolarining yopilishi bilan bir qatorda turar joy majmualari ham devorlar, to‘siqlar bilan o‘ralgan.  

Rasmiylar aholidan jiddiy zarurat bo‘lmasa, uyni tark etmaslikni so‘ramoqda. Faqat oziq-ovqat sotib olish yoki tibbiy yordam uchun uydan chiqish mumkin.  

Karantin hududlariga kirish faqat ruxsatnomalar asosida, shuningdek, manfiy test natijasiga ega shaxslarga yoki maxsus kimyoviy formaga ega odamlarga ruxsat berilgan. 

So‘nggi 3 kun ichida Xitoyda koronavirus bilan kasallanishning kunlik holatlari 30 mingdan oshib ketdi. Bu pandemiya boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. 

 

Mavzuga oid