O‘zbekiston | 08:19 / 28.11.2022
5428
2 daqiqa o‘qiladi
Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda yetkazilgan zararni hisoblash tartibi tasdiqlandi
Hukumat qarori bilan noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy obektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Quyidagilar belgilandi:
- noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy obektlarga yetkazilgan zararni aniqlash tartibi;
- noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda keng tarqalgan foydali qazilmalarga yetkazilgan zararni hisoblash usullari;
- noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda ifloslantiruvchi moddalar suv obektlariga va joylarning relefiga oqizib yuborilishi oqibatida yetkazilgan zararni hisoblash usullari;
- noruda materiallarni noqonuniy qazib olish oqibatida tabiiy obektlarga yetkazilgan zararni qoplash va undirish tartibi.
Nizom talablari strategik turdagi (asosiy) foydali qazilmalarni va qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida noqonuniy qazib olishda hamda texnogen mineral hosilalardan foydalanishda yetkazilgan zararni hisoblashga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Quyidagi holatlar noruda materiallarni noqonuniy qazib olish hisoblanadi:
- noruda materiallar mavjud yer qa’ri uchastkasidan ruxsatnoma olmasdan turib foydalanish;
- noruda materiallar uchun berilgan kon ajratmasidan va ajratilgan yer uchastkalari doirasidan chetga chiqish.
Mavzuga oid
15:51 / 07.11.2024
Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida zararni qoplab berish rejalashtirilmoqda
08:20 / 13.09.2024
Qishloq xo‘jaligiga bir oyda 77 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
07:55 / 25.06.2024
Chiqindi xizmati uchun to‘lovni hisoblashdagi xatolik uchun fuqarolarga ma’naviy zarar qoplab beriladi
07:17 / 07.06.2024