Koreya Guliston shahrida «aqlli shahar» barpo etishni rejalashtiryapti
«Koreya-O‘zbekiston» biznes assotsiatsiyasi direktorlar kengashi raisi Kim Chang Keon boshchiligidagi koreyalik ishbilarmon doiralar vakillaridan iborat delegatsiya Sirdaryo viloyatiga bordi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Delegatsiya vakillari Guliston shahridagi «Tadbirkorlar va hunarmandlar» markazida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmal Mahmudaliyev bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida o‘zaro hamkorlik aloqalari istiqbollari borasida fikr almashildi. Tomonlar o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik natijasida qishloq xo‘jaligi, sanoat ishlab chiqarishi, ta’lim, favqulodda vaziyatlar bilan kurashish, viloyatda Janubiy Koreya standartlari asosidagi shaharsozlik normalarini joriy etish borasida amaliy natijalarga erishilayotgani qayd etildi.
Uchrashuv Janubiy Koreya bilan hamkorlikda viloyatda shahar infratuzilmasini rivojlantirish va maktabgacha ta’lim sohasida boshlangan muzokaralarni davom ettirish uchun qulay imkoniyat yaratdi. Muloqot davomida aniq loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Tez orada Guliston shahrida qator afzalliklarga ega, qiymati 50 million dollarga teng bo‘lgan «aqlli shahar» barpo etishga kirishiladi.
EduLink Global kompaniyasi tomonidan Guliston New City loyihasi doirasida Janubiy Koreya tajribasi asosidagi maktabgacha ta’lim muassasasi qurilishi ham nazarda tutilmoqda.
Mavzuga oid
13:40
Koreya O‘zbekistonda ijtimoiy ishchilar malakasini oshirish uchun qo‘shma dastur ishlab chiqadi
08:21 / 16.12.2024
Koreyadagi o‘zbekistonliklar ish joyini tashlab ketgani tufayli kafillardan 2 mlrd so‘m undirildi
08:10 / 30.11.2024
Koreyaga ishlash uchun borgan ikki o‘zbekistonlik ish joyidan qochib ketdi
11:10 / 10.10.2024