O‘zbekiston | 16:30 / 03.12.2022
59500
1 daqiqa o‘qiladi
Angren shahar hokimi sobiq yordamchisi miltiq bilan o‘z joniga qasd qildi
4 nafar farzandning otasi bo‘lgan marhum bor-yo‘g‘i bir oy muddat hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Kun.uz’ning prokuraturadagi manbasiga ko‘ra, holat kecha, 2 dekabr kuni sodir bo‘lgan. Angren shahar hokimi yordamchisi lavozimida ishlagan Behzod Nazarov o‘qotar qurol (miltiq) bilan o‘ziga o‘q uzib, joniga qasd qilgan.
Manbaning ta’kidlashicha, oktabr oyi oxirida hokim yordamchisi lavozimiga tayinlangan marhum 30 noyabr kuni o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shash haqida ariza yozgan. 4 oy oldin uning otasi vafot etgan. U otasidan ayrilgach tushkunlikka tushib qolgan.
Sobiq hokim yordamchisining o‘limida hech qanday sabab va shubhali holatlar yo‘qligi aytilmoqda.
Mavzuga oid
16:24 / 25.11.2024
Qashqadaryoda 24 yoshli erkak avval xotini va qizini o‘ldirib, keyin o‘z joniga qasd qildi
16:40 / 25.09.2024
Surxondaryoda hokim yordamchisi fuqarolar nomiga kredit olib, yo‘qolib qoldi. Bunga shaxs aybdormi yoki tizginsiz tizim?
20:31 / 23.08.2024
Qashqadaryoda hokim yordamchisi va boshqalar 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni talon-toroj qilishda gumonlanmoqda
15:21 / 19.05.2024