Jamiyat | 19:42 / 05.12.2022
23870
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan vafot etdi

Jondor tumanida er-xotin va ularning 2 nafar farzandi is gazidan zaharlanib vafot etdi, 1 nafar farzandi esa jonlantirish bo‘limida. Uning ham ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

Foto: AFP

Kun.uz manbasiga ko‘ra, holat 4 dekabrdan 5 dekabrga o‘tar kechasi Jondor tumanining Oxshix mahallasida sodir bo‘lgan. Xabarni mahalla raisi Nizomjon G‘aniyev ham tasdiqladi.  

Ma’lum qilinishicha, Oxshix mahallasida yashovchi fuqaro Nodir Usmonov tadbirkorlik bilan shug‘ullangan. 4 dekabr kuni oila a’zolari bilan to‘yga borgan va uyga kechroq qaytishgan. Bugun, 5 dekabr kuni ertalab ukasi kelib, xonadon darvozasini taqillatib, chaqirgan. Ammo uydan hech kim chiqmagan. Tushlikka yaqin xonadon eshigi buzib kirilgan.

Nodir Usmonov, turmush o‘rtog‘i va ularning ikki nafar farzandi is gazidan vafot etgan. Yana bir nafar farzandi esa ayni vaqtda shifoxonada ekani, u ham og‘ir ahvoldaligi aytilmoqda. Bolalarning ikki nafari maktab yoshida, bir nafari esa bog‘cha yoshida bo‘lgan.

Oldinroq Farg‘onada uch kunlik kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etgandi.

Mavzuga oid