O‘zbekiston | 15:18 / 05.12.2022
21864
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Qor qoplagan Toshkent

4 dekabr kuni Toshkentda birinchi qor yog‘di. O‘tgan yillardan kechikkan birinchi qor deyarli bir kundan beri yog‘ishda davom etyapti. Kun.uz muxbirlari qorga burkangan Toshkent manzaralaridan fotoreportaj taqdim etadi.

Yo‘llardagi yomon sharoit xavfsizlik nuqtayi nazaridan metroning ahamiyatini oshirib yuborgan.

Boz ustiga poytaxtda bunday vaqtda taksi xizmati narxi bir necha barobar oshib ketadi.

Qorni eritish uchun ayrim ko‘chalarga tuz sepilgan. Erigan qor tozalanmagan ko‘chalar loyga to‘lgan.

Noqulay ob-havo sharoitiga qaramay bozorlarda ham, ko‘chalarda ham hayot davom etmoqda.

Tabiatdagi qorning izlari daraxtlar bilan uyg‘unlikda yana ham go‘zalroq ko‘rinadi.

Eski shaharning tor va qorli ko‘chalari.

 

Qor bilan qoplangan bolalar maydonchasi

Qor bilan qoplangan Hazrati Imom majmuasi va qor kurayotgan ishchilar.

Farrux Absattarov va Bobur Akmalov olgan suratlar

Mavzuga oid