Berdimuhamedov va Umrzoqov uchrashdi
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov bilan uchrashdi.
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov 12 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqovni qabul qildi.
Uchrashuvda tomonlar keyingi yillarda o‘zaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini alohida ta’kidladilar. Turkmaniston va O‘zbekistonning mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb masalalar, birinchi navbatda, global tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha pozitsiyalari yaqin yoki o‘xshashligi ta’kidlandi.
Ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishi savdo-iqtisodiy sohadir. Shu nuqtai nazardan, tovar ayirboshlashning ijobiy dinamikasini saqlab qolish va oliy darajadagi o‘zaro tashriflar va muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amaliy jihatdan maqbul tarzda amalga oshirish zarurligi qayd etildi.
Turkmaniston va O‘zbekiston o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish, sarmoya kiritish, sanoat, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun mustahkam salohiyatga ega, deyiladi xabarda.
Ikki tomonlama munosabatlarning ajralmas qismi madaniy-gumanitar soha ham bo‘lib, u yerda yaqindan samarali aloqalar o‘rnatilgan.
Uchrashuv yakunida tomonlar strategik davlatlararo hamkorlik muvaffaqiyatli rivojlanishiga ishonch bildirdilar.
Mavzuga oid
16:26 / 12.12.2024
Abdulaziz Komilov Turkmanistonning «Hurmatli el yoshullisi» unvoni bilan taqdirlandi
15:25 / 06.12.2024
Turkmaniston O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni ko‘paytiradi
19:33 / 05.12.2024
Turkmaniston O‘zbekiston bilan chegarada joylashgan bojxona postini foydalanishga topshirdi
18:02 / 05.12.2024