O‘zbekiston | 11:40 / 13.12.2022
5939
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda kunlik koronavirus statistikasi sezilarli pasaydi
Bir kun oldin 122 kishida kasallik aniqlangandi.
12 dekabr kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 58 nafarni tashkil etmoqda.
Bu bir kun oldingiga qaraganda 64 taga kam - 11 dekabr kuni 122 kishiga kasallanish tashxisi qo‘yilgani xabar qilingandi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 1 nafari Andijon viloyatida,
- 2 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 1 nafari Namangan viloyatida,
- 4 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 4 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 46 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, pandemiya boshlangandan buyon O‘zbekistonda jami 247 987 nafar odamda kovid aniqlangan. Vafot etganlar esa 1 637 kishini tashkil etadi.
Mavzuga oid
10:54 / 07.12.2022
Toshkent shahrida bir kunda 100 dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi
10:10 / 04.12.2022
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni fevraldagi darajaga qaytdi
11:15 / 02.12.2022
O‘zbekistonning barcha hududlarida koronavirusga chalinish holatlari qayd etildi
10:35 / 30.11.2022