O‘zbekiston | 10:36 / 15.12.2022
5189
1 daqiqa o‘qiladi

Qalin tuman Namangan aeroporti faoliyatini cheklab qo‘ydi

Namangan xalqaro aeroportida qalin tuman tufayli ko‘rinish pasayib ketishi (50 m) reyslarni qabul qilish va jo‘natishini cheklab qo‘ydi. Shu sababli, ikkita reys muqobil aerodromlarga jo‘natildi.

Foto: Uzbekistan Airports

Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, noqulay ob-havo sharoiti tufayli Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Ufa-Namangan yo‘nalishi bo‘yicha HY9958 reysi mahalliy vaqt bilan soat 07:15 da Toshkent aeroportiga qo‘ndi. 

Shuningdek, Jazeera Airways aviakompaniyasining J9645 reysi (Quvayt — Namangan) ham poytaxt aeroportiga yo‘naltirilgan.

Ko‘rinishning pastligi Red Wings WZ1127 (Yekaterinburg-Namangan) reysi kutish zonasiga yuborilishiga sabab bo‘ldi. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 07:30 da belgilangan aeroportga qo‘nishi kerak edi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY9825 (Namangan-Sochi) va HY9823 (Namangan-Ufa), shuningdek, Flydubai FZ781 (Dubay-Namangan) reyslari Namangan xalqaro aeroportida ob-havo yaxshilanguniga qadar kechiktirilgan.

Mavzuga oid