O‘zbekiston | 12:11 / 16.12.2022
5413
3 daqiqa o‘qiladi

EPSILON (EDC): Tabiiy gaz qazib chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar

Qattiq sovuq va energetika resurslarini iste’mol qilish o‘sgan bir sharoitda iqtisodiyot tarmoqlarini hamda mamlakat aholisini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash ayniqsa alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois kompaniya uglevodorodlar qazib chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha faol sa’y-xarakatlarini amalga oshirib kelmoqda.

Foto: Epsilon

Xususan, chuqurroq burg‘ilash ishlari amalga oshirilib, ularning natijasiga ko‘ra quyidagi quduqlarda qazib chiqarish boshlanishi kutilmoqda:

31.12.2022 y. sanasigacha

  • -Ayzovat-19
  • -Talimarjon-15
  • -O‘lmaskamol-2
  • -O‘lmaskamol-3
  • - Isaboy-2
  • -Qirrquloch-6

15.01.2023 y. sanasigacha

  • -Nazarquduq-14
  • -Shirinobod-2

30.01.2023 y. sanasigacha

  • -G‘arbiy Qamashi-1
  • -Oqtosh-1
  • -Maymanoq-1
  • -Talimarjon-14

Quyidagi quduqlarda burg‘ilash ishlarini boshlash uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda:

  • -Xujum-5
  • -Xujum-6
  • -Talimarjon-7
  • -Nazarquduq-5

Burg‘ilash ishlaridan tashqari, kompaniya mahsuldorligi past hisoblangan va kamaygan quduq hamda konlardan uglevodorodlarni chiqarib olishni ko‘paytirish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etgan holda kompleks tadbirlarni amalga oshirmoqda. Mazkur ishlar quyidagi quduqlarda amalga oshirilmoqda:

  • Ayzovat-6
  • Qirqquloch-5
  • Talimarjon-4
  • Talimarjon-11
  • Girsan-1
  • Izgancha-3
  • Yangiariq-1
  • Chigil-2
  • Chigil-4
  • Chigil-5
  • Nazarquduq-2
  • Nazarquduq-10
  • Xujum-2

Respublikadagi iste’molchilarga gaz yetkazib berish uchun gaz tashish infratuzilmasi ham rivojlantirilmoqda.

Joriy yil dekabr oyidan boshlab quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  • chuqurroq burg‘ilash ishlari 9 ta quduqda amalga oshirilmoqda, ularning umumiy burg‘ilanish chuqurligi 2763 metrni tashkil etdi;
  • 8 ta quduq mukammal ta’mirlash jarayonida bo‘lib, 6 ta quduqda esa bu ishlar yakunlangan;
  • 2 ta quduqda qatlamni gidravlik yorish ishlari qo‘llanilgan;
  •  Nazarquduq YPdan to Nazarquduq-14 qudug‘igacha bo‘lgan 3 kmlik masofaga 426x16 mm li gaz quvurlarini tortish ishlari yakunlangan, 14 km masofaga esa quvurlar  yotqizilgan.    

            

Jami Qashqadaryo viloyati bo‘yicha olib borilayotgan ishlar uchun quyidagilar jalb etilgan:

  • 9 ta og‘ir va 8 ta yengil (ko‘chuvchi) burg‘ilash uskunalari, 389 tonna dizel yoqilg‘isi sarf qilingan. Barqaror moliyalashtirish holatida yana 3 ta yangi burg‘ilash uskunalari ishga tushiriladi;
  • 201 ta maxsus texnika va avtotransport, 186 tonna dizel yoqilg‘isi sarf etilgan;
  • 2236 nafar ishchilar va 486 nafar injyener-texnik xodimlar.


Kompaniya tomonidan qazib chiqarilayotgan tabiiy gaz to‘lig‘icha respublika aholisiga yetkazib berilmoqda. Ichki bozorga sotilayotgan gazning narxi har 1 kubmetri uchun 501 so‘mni tashkil etmoqda. EDC kompaniyasi hech qanday imtiyozlarga ega emas, soliq yuklamasi esa sotish hajmidan 33%ni tashkil etadi.

Epsilon Matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid