Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan iqtisodiyot va boshqaruvdagi islohotlar yuzasidan fikr almashdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 dekabr kuni o‘zining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi.
Unda mamlakatdagi iqtisodiyot va boshqaruvni isloh qilish doirasida erishilgan natijalar va bu boradagi kelgusi rejalar ko‘rib chiqildi.
Davlat rahbari barcha muhim yo‘nalishlardagi yangilanishlarga to‘xtalar ekan, iqtisodiyot ustuvor tarmoqlarini modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini ta’minlash, davlat boshqaruvida transformatsiya jarayonlarini, raqamlashtirish va investitsion jozibadorlik borasidagi ishlarni davom ettirish muhimligini alohida ta’kidladi.
Suma Chakrabarti dunyo iqtisodiyotidagi murakkab vaziyatda O‘zbekiston tomonidan ko‘rilayotgan samarali chora-tadbirlar iqtisodiy islohotlar dinamikasini ta’minlayotganini ta’kidlab, bu sohadagi birgalikdagi sa’y-harakatlarni yangi bosqichda davom ettirishni qo‘llab-quvvatladi.
Uchrashuvda kun tartibidagi boshqa muhim yo‘nalishlar ham ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
21:19 / 21.12.2024
Tadbirkor prezidentdan shaxsga doir va bank ma’lumotlarini Cloud'da saqlashga ruxsat berishni so‘radi
20:49 / 21.12.2024
“Tannarxni tushirish – kengayish, hajmni oshirish bilan bo‘ladi” - Zafar Hoshimov
18:40 / 21.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerga ta’ziya yo‘lladi
14:34 / 20.12.2024