Noqonuniy yer ajratish va «snoslar» – hokimlarning qonunga zid qarorlari statistikasi
Adliya vazirligi jurnalistlar uchun uchrashuvda «E-qaror» orqali hokimlarning qonunga zid qarorlari, eng ko‘p qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ygan hududlar statistikani ochiqladi. Kun.uz infografikalar shaklida ma’lumotlarni taqdim etadi.
Adliya vazirligi «E-qaror» faoliyati yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazdi. Unda tizim monitoringi natijasida olingan qonunbuzilishlarga doir ma’lumotlar berildi, deya xabar qilyapti Kun.uz muxbiri.
Hududiy adliya bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan monitoringda Surxondaryo viloyatidagi hokimlar qarorlarida eng ko‘p kamchiliklar aniqlangan – 1 686 ta. Eng oz kamchiliklar Qoraqalpog‘iston Respublikasida.
Monitoring natijalariga ko‘ra yer sohasiga doir qonunchilik hujjatlarida eng ko‘p qonunbuzilishlar viloyat hokimi vakolatida bo‘lgan masalalar bo‘yicha tuman hokimlari qaror chiqarishiga oid, ya’ni yer ajratish, yer maydonlarini zaxiraga olish, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni bekor qilish kabi masalalarda tuman hokimlari 304 ta holatda o‘ziga tegishli bo‘lmagan vakolatdan foydalangan.
Shuningdek, qonunchilik hujjatlarini qabul qilishda bir qator holatlarda yer qonunchiligi buzilgan.
Hokimliklar hujjatlar shakliga rioya qilmagan holda 986 ta farmoyish (qaror shaklida qabul qilinishi lozim edi) qabul qilgan. Bu qonunchilik normalariga zid qabul qilingan hujjat turlari ichida yetakchi holatdir.
Boshqa holatlar bilan quyidagi infografikada tanishing:
Bundan tashqari, 2022 yil 14 dekabrgacha bo‘lgan davrda asossiz ravishda ochiq holatda e’lon qilinmagan hokimlik hujjatlari soni 2 800 ga yaqin. Mahalliy budjet qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risidagi hokimlik hujjatlarini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazishda esa 2 206 ta holatda qonunbuzilishiga yo‘l qo‘yilgan.
Mahalliy davlat hokimligi organlari tomonidan 230 266 ta hujjat ochiq, 40 mingdan ziyod hujjat yopiq shaklda qabul qilingan.
Avvalroq, «E-qaror» tizimiga Face ID tizimi joriy etilishi ma’lum qilingandi. 2023 yildan boshlab hokimlar hujjatlarni shaxsan o‘zlari imzolashga majbur bo‘ladi.
Mavzuga oid
13:24
Statistika kuzatuvlari jarayoniga oliy ta’lim muassasalari jalb etiladi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
08:10 / 10.12.2024
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mlndan oshdi
16:51 / 09.12.2024