O‘zbekiston | 10:43 / 20.12.2022
5324
1 daqiqa o‘qiladi

Iordaniya milliy aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

Iordaniyaning Jordan Aviation aviakompaniyasi samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.

Foto: Jordan Aviation

O‘zbekistonga Ammon-Toshkent-Ammon yo‘nalishida yangi parvoz yo‘nalishidagi ilk yo‘lovchilar Boeing-767 bortida amalga oshirilgan.

Ortga qaytish qatnoviga yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish boshlanishidan avval aeroport va aviakompaniya vakillari ishtirokida qatnov rasmiy ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasidagi havo qatnovlari Jordan Aviation milliy aviakompaniyasi va O‘zbekiston Ahella Tour turoperatori o‘rtasidagi kelishuv asosida amalga oshiriladi.

Toshkent va Ammon o‘rtasidagi qatnovlar charter asosida ikki haftada bir marta Boeing-767 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Jordan Aviation — shtab-kvartirasi Ammonda joylashgan Iordaniya aviakompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya charter reyslarini amalga oshirishdan tashqari BMT tinchlikparvar missiyalari uchun havo transportini ta’minlovchi muhim aviakompaniyalaridan biridir.

Mavzuga oid