O‘zbekiston | 16:24 / 25.12.2022
15547
3 daqiqa o‘qiladi

26 dekabr kuni tumanli havo kutilmoqda

O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?

Foto: Kun.uz

Respublika Gidrometeorologiya markazi 26 dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11 daraja sovuq, kunduzi 1-6 daraja iliq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 9-14 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havoo‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, ba’zi joylarda 15 darajagacha iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havoo‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatlida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga oid