O‘zbekiston | 12:03 / 26.12.2022
22189
1 daqiqa o‘qiladi

Farhod Ermanovning senatorlik vakolati muddatidan oldin tugatildi

Foto: KUN.UZ / Farxod Ermanov

Xorazm viloyati sobiq hokimi Farhod Ermanovning senatorlik vakolati muddatidan avval tugatildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Oliy Majlis Senati a’zosi Farhod Ermanov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qaroriga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi lavozimiga tayinlangani munosabati bilan uning yozma arizasiga ko‘ra, senatorlik vakolati muddatidan ilgari tugatildi, deyiladi xabarda.

Ermanov avvalroq Xorazm viloyati hokimi lavozimidan ozod qilingandi. Uning o‘rniga Qo‘shko‘pir tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Jo‘rabek Rahimov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

Mavzuga oid