O‘zbekiston | 08:18 / 26.12.2022
8391
1 daqiqa o‘qiladi

Myanma hududida mushkul ahvolga tushib qolgan 15 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

O‘zbekistonning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi sa’y-harakatlari bilan joriy yil iyun-dekabr oylari davomida Myanma hududida mushkul ahvolga tushib qolgan 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Mamlakatimiz diplomatiya vakolatxonasi fuqarolar ikki nafariga BMT Xalqaro migratsiya tashkiloti tomonidan, uch nafariga homiy tashkilotlar hisobidan aviachiptalar xarid qilinishi, olti nafari vaqtinchalik bepul turar joy bilan ta’minlanishi yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatdi.

O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish uchun mamlakat Bosh konsulxonasi Bangkok shahrida joylashgan xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, mahalliy rasmiy va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda faol ish olib bormoqda.

O‘zbekistonning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi fuqarolarni yolg‘on ish e’lonlari va mo‘may maosh ilinjida noqonuniy migratsiya va odam savdosi qurboniga aylanib qolishdan ogoh bo‘lishga chaqirgan.

Mavzuga oid