Sport | 21:09 / 28.12.2022
31050
1 daqiqa o‘qiladi

Argentina milliy jamoasi jahon kubogi bilan prezident saroyiga borishdan bosh tortdi 

Jahon chempionlari Argentinaning amaldagi hukumati bilan siyosiy qarashlari turlicha bo‘lgani uchun shunday yo‘l tutdi. 

Foto: AFP

Qatarda o‘tkazilgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida o‘z tarixida uchinchi marta g‘alaba qozongan Argentina milliy jamoasi futbolchilari vataniga qaytib, muxlislar bilan katta bayram uyushtirdi. 

Mamlakat prezidenti Alberto Fernandes barcha futbolchilarni o‘z saroyiga taklif qildi. Messi va uning jamoadoshlari prezident saroyi balkoniga chiqib, baxtiyor tomoshabinlarga jahon kubogini namoyish qilishi kerak edi. 

Biroq, Le Monde xabariga ko‘ra, milliy jamoa futbolchilari Argentina prezidentiga rad javobini berishdi. Manbaga ko‘ra, rad etish siyosiy qarashlardagi kelishmovchilik bilan bog‘liq. Futbolchilar Argentinaning amaldagi hukumati tomonidan biron bir bayonot uchun obekt bo‘lishni qat’iyan istamagan. 

Qayd etish joiz, Argentina milliy jamoasi tarixda birinchi marta prezident saroyiga jahon kubogi bilan borishdan bosh tortdi. 

Alberto Fernandes 2019 yildan buyon Argentina prezidenti hisoblanadi.

Mavzuga oid