O‘zbekiston | 12:59 / 29.12.2022
6986
4 daqiqa o‘qiladi

ERIELL Group yangi yil oldidan bolalarni xursand qildi

Foto: ERIELL Group

Yangi yil baxtli lahzalar pardasini ochadi. ERIELL guruhi ko‘p yillar davomida, ko‘proq mehr va g‘amxo‘rlikka muhtoj bolalarning bayram arafasida kunlarini rang-barang qilish va yorqin his-tuyg‘ular baxsh etishga yordam berib keladi.

Foto: ERIELL Group

Har yilgi yoqimli an’anaga muvofiq, kompaniyalar guruhi xodimlari tomonidan bir qator xayriya tadbirlari o‘tkaziladi. Ulardan birinchisi Qarshi shahrida Qashqadaryo viloyatining ichki ishlar boshqarmasi ko‘magida bo‘lib o‘tdi. Bu yerda ko‘rish bo‘yicha imkoniyati cheklangan 350 nafar bolalarni bayram kayfiyati, yoqimli syurprizlar va sovg‘alar kutardi. 

Foto: ERIELL Group

ERIELL, xususan, Eriell Oilfield Services Middle East DMCS kompaniyasi kasaba uyushmasining sa’y-harakati tufayli bolajonlar kunni quvnoq o‘tkazishdi. Animatorlar va sho‘x boshlovchilar ularning vaqtini chog‘ qildi. Bunda bayram albatta ziyofatsiz o‘tmadi: bolalar uchun konsert dasturi, tabriklar va iliq tilaklar bilan bayram dasturxoni yozildi. 

Foto: ERIELL Group

Yangi yil syurprizlarning navbatdagi manzili «HUMO Arena» ko‘p tarmoqli majmua bo‘ldi. Bu yerga poytaxtdagi 22-sonli Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari taklif qilindi. ERIELL Group va «HUMO Arena» xodimlari tomonidan 130 nafar bolalarga haqiqiy bayram uyushtirildi. 

Foto: ERIELL Group

Bolalar butun majmua bo‘ylab sayohat qilishib, ularga «HUMO Arena» yaratilish tarixi va unda tashkil etilgan muhim tadbirlar haqida ma’lumot berildi.  

Foto: ERIELL Group

Ekskursiyadan so‘ng bolalarga sovg‘alar tarqatildi, keyin esa hamma birgalikda uchish maydoniga yo‘l oldilar. Bu yerda xursandchilik yangi kuch bilan davom etdi. Turli yoshdagi bolalarning quvonchi, jo‘shqin kayfiyati, baxtli kulgilari muz saroyini yoritganday bo‘ldi va tashrif buyuruvchilarga ijobiy ruh baxsh etdi.  

Foto: ERIELL Group

Muz ustida faol o‘tkazilgan vaqtichog‘liqdan keyin ERIELL guruhi tomonidan uyushtirilgan bayram dasturxoniga navbat keldi. Bolalar osh va boshqa shirinliklardan tatib ko‘rdilar. 

«Men barcha, ayniqsa, bolalar nomidan ERIELL Group rahbariyati va xodimlariga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Sizlar Mehribonlik uyimiz tarbiyalanuvchilariga haqiqiy bayram tuhfa etdingiz! Ishoning, oilaviy mehrdan mahrum bo‘lgan har qanday bola uchun o‘zini kerakli, mehr va e’tibor qurshovida his qilish juda muhim. Barcha yaxshiliklaringiz uchun katta rahmat, yangi yil sizlarga yangi yutuqlar va muvaffaqiyatlar olib kelsin!» - deydi 22-sonli Mehribonlik uyi direktori Jo‘rayeva Dilfuza Murodjonovna. 

ERIELL Group bu bilan to‘xtab qolmoqchi emas, demak, xayrli ishlar ro‘yxati yanada kengayadi.

ERIELL Group matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid