O‘zbekiston | 14:32 / 02.01.2023
10558
2 daqiqa o‘qiladi

Dekabr oyi uchun «palov indeksi» e’lon qilindi

Eng qimmat osh Toshkent shahrida va eng arzon osh Namangan viloyatida kuzatilgan.

Foto: Koolinar.ru

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning o‘rtacha narxlari o‘rganib chiqildi. 

2022 yil dekabr oyi uchun o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, 1 porsiya oshning o‘rtacha narxi quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Qoraqalpog‘iston R. – 18 300 so‘m;    
  • Andijon viloyati – 20 800 so‘m;    
  • Buxoro viloyati – 21 300 so‘m;     
  • Jizzax viloyati –22 300 so‘m;    
  • Qashqadaryo viloyati – 20 300 so‘m;     
  • Navoiy viloyati – 19 500 so‘m;     
  • Namangan viloyati – 15 300 so‘m;    
  • Samarqand viloyati – 24 700 so‘m;    
  • Surxondaryo viloyati – 20 000 so‘m;    
  • Sirdaryo viloyati – 21 000 so‘m;    
  • Toshkent viloyati – 21 500 so‘m;   
  • Farg‘ona viloyati – 18 300 so‘m;
  • Xorazm viloyati – 21 400 so‘m;
  • Toshkent shahri – 26 300 so‘m.

Palov narxlarini belgilashda har bir porsiya va kilogramm uchun belgilangan o‘rtacha narxlar asos bo‘lgan.

Mavzuga oid