Yaponiya hukumati oilalarga Tokiodan ko‘chib ketish uchun pul taklif qilmoqda
Poytaxtda aholi soni keskin oshib bormoqda, o‘z navbatida qishloq joylari huvullab qolyapti.
Yaponiya hukumati oilalarga Tokiodan qishloq joylariga ko‘chib o‘tish uchun pul taklif qilmoqda. To‘lov miqdori har bir bola uchun - 1 million iyena (yoki 7600 dollar). Bunga sabab – Yaponiya poytaxti aholisi sonining keskin oshib ketishi, aholining tez qarib borayotgani va tug‘ilish darajasining kamayishi.
Ko‘chib o‘tish uchun nafaqa sxemasi 2019 yilda joriy qilingan, ammo hozir to‘lovlar uch baravar kam – har bir bola uchun 300 ming iyena (2280 dollar).
To‘lovlarning oshishi hukumatning yosh oilalarni Tokiodan ko‘chib o‘tishga undash majburiyatining bir qismidir. Ko‘chib kelgan oilalarga 3 million iyena (22 800 dollar) miqdorida bir martalik moliyaviy yordam ham taklif etiladi. Agar ular yangi joyda biznes ochishsa, ko‘proq pul olishi mumkin. Ushbu yordamga rozi bo‘lganlar kamida besh yil qishloqda yashashi kerak, aks holda ular pulni qaytarishi shart.
2021 yilda 2400 oila bu yordamdan foydalangan. Bu Katta Tokio 38 millionlik aholisining atigi 0,006 foizini tashkil qiladi.
Yaponiya aholisining kamayishi va qarishi, yoshlarning poytaxtga ko‘chishi, qishloqlar bo‘shab borayotgani, bo‘sh qolgan uy-joylarning ko‘payishi chekka hududlarga zarba bermoqda. Shu bilan birga, Tokiodagi ko‘chmas mulk narxi yuqoriga ko‘tarilib ketyapti.
Yaponiyaning 1300 ga yaqin munitsipaliteti Tokiodan ko‘chib kelayotgan odamlarni qabul qilishga rozi bo‘lgan. Ularga tekin bog‘cha va ish va’da qilinmoqda.
Yaponiyada tug‘ilish darajasi kutilganidan tezroq pasayib bormoqda. 2022 yilda tug‘ilgan bolalar soni XIX asr oxiridan beri birinchi marta 800 mingdan pastga tushdi. 2017 yilda Aholi va ijtimoiy xavfsizlik milliy tadqiqot instituti bu 2030 yilda sodir bo‘lishini kutgan edi.
Mavzuga oid
12:13
“O‘zbekistondagi nosvoylardan 10 xil zaharli modda aniqladik” - Yaponiyadagi o‘zbek olimi yangi tadqiqoti haqida
20:50 / 23.12.2024
Yaponiyada sun’iy gravitatsiyaga ega Oy majmuasi prototipi quriladi
20:28 / 23.12.2024
Honda va Nissan birlashmoqda. Ular dunyodagi eng yirik uchinchi avtomobil ishlab chiqaruvchiga aylanadi
18:22 / 22.12.2024