Bojxona omborida qancha miqdorda “Dok-1 Maks” dorilari saqlanayotgani ma’lum qilindi
Bojxona organlari tomonidan qat’iy nazorat ostida saqlanayotgan “Dok-1 Maks” dorilari haqida ma’lumot berildi.
“Dok-1 Maks” dori vositasi saqlanayotgan bojxona omborida mazkur dorining joriy yil dekabr oyida keltirilgan 3 ta partiyasi, ya’ni salkam 60 ming qutisi qat’iy nazorat ostida saqlanmoqda. Shuningdek, ilgari keltirilib, erkin muomalaga chiqarilishi lozim bo‘lgan yana 2 ta partiyadagi ushbu dori vositasi ham ushlab turilibdi. Bu haqda davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Husan Tangriyev O‘zAga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, ayni paytda “Dok-1 Maks” tabletka va sirop dori vositalari barcha dorixonalar savdosidan o‘rnatilgan tartibda qaytarib olingan.
“Dok-1 Maks” dori vositasi O‘zbekiston bozoriga 2012 yildan kirib kelgan. Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, mazkur dori vositasining shu davr mobaynida nojo‘ya ta’siri bo‘lmagan. Faqatgina bir partiyasida bunday nojo‘ya ta’sir kuzatilgan. Amaldagi tartiblarga ko‘ra, dori vositasini erkin muomalaga chiqarishda uning O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma hamda olib kirilayotgan dorilarning har bir seriyasi uchun muvofiqlik sertifikatlari bojxona organlariga taqdim qilinadi. Shundan so‘nggina dori vositalari bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkaziladi. Bojxona organlari tomonidan salbiy holatlar kuzatilgan ilk kunlardanoq dori vositasini erkin muomalaga chiqarmaslik uchun barcha choralar ko‘rilgan va hozirda qat’iy nazorat ostida”, — degan Husan Tangriyev.
Oldinroq Sirdaryo viloyatida “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dorilari yetti nafar bolaga nojo‘ya ta’sir qilgani, ularning uch nafari shifoxonaning jonlantirish bo‘limida ekani ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
21:32 / 27.11.2024
Tovarni bojxona muhri ostida tashishga ruxsat berish guvohnomasini olish raqamlashtiriladi
15:39 / 03.07.2024
“Dok-1 Maks” ishi. Apellyatsiya instansiyasi dastlabki hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi
21:58 / 20.05.2024
Bojxonachilar qurol olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxsni to‘xtatishdi
15:56 / 17.02.2024