O‘zbekiston | 13:56 / 04.01.2023
5687
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi

Prezidentning “2023-2025 yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar, idoralar tomonidan 2023-2025 yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2023 yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy parametrlari hamda 2024-2025 yillar uchun maqsadli mo‘ljallar;
  • 2023 yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish doirasida moliyalashtiriladigan yo‘nalishlarning asosiy parametrlari;
  • 2023 yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obektlarini ishga tushirish va yangi quvvatlar yaratishning maqsadli ko‘rsatkichlari hamda 2024-2025 yillar uchun maqsadli mo‘ljallar;
  • 2023 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida obektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha manzilli ro‘yxatlar;
  • 2023 yilda ma’muriy, muhandislik-infratuzilma, alohida muhim va toifalangan obektlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha manzilli ro‘yxat;
  • 2023 yilda huquqni muhofaza qilish va mudofaa obektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha manzilli ro‘yxat va boshqalar.

Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan obektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlarining manzilli ro‘yxatlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishiladi.

2023 yildan boshlab Dastur doirasida mahalliy budjetlardan

moliyalashtiriladigan loyihalarning (obektlarning) manzilli ro‘yxatlari hududiy iqtisodiyot va moliya boshqarmalari bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.

O‘rnatilgan tartibga muvofiq, 2023 yil 1 yanvardan boshlab mahalliy hokimliklar, vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalariga:

loyihalarni (obektlarni) moliyaviy resurslar bilan ta’minlash imkoniyatini Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishmasdan Dasturga kiritish;

shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi bo‘yicha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan kelishmasdan Dasturga kiritilgan loyihalarning (obektlarning) loyihaviy yechimlarini o‘zgartirish to‘g‘risida taklif tayyorlash taqiqlanadi.

Mavzuga oid