O‘zbekiston | 08:07 / 06.01.2023
5243
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Ozarboyjon bilan «Boku xalqaro dengiz savdo porti»dan birga foydalanmoqchi 

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Ozarboyjonga tashrifi doirasida O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev «Alyat» erkin iqtisodiy zonasi va «Boku xalqaro dengiz savdo porti» rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Boku xalqaro dengiz savdo porti

Muzokaralar chog‘ida Ozarboyjon porti va EIZ resurslari va imkoniyatlaridan birgalikda foydalanish asosida sarmoyaviy, transport va logistika sohasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.

Ozarboyjon «Alyat» EIZ boshqaruvi raisi Valeh Aleskerov bilan erkin iqtisodiy zonada oziq-ovqat, charm-poyabzal, to‘qimachilik va boshqa yuqori talabga va qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, MDH va boshqa qo‘shni davlatlar bozorlariga eksportni tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga urg‘u berilgan holda sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

«Boku xalqaro dengiz savdo porti» bosh direktori Taleh Ziyadov bilan transport-logistika aloqalarini yanada kengaytirish, konteynerlar tashish va «Ro-Ro» usulida yuklarini dengiz portlari orqali yetkazish hajmini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Boku xalqaro dengiz savdo porti negizida o‘zbek omborlari va konteyner terminallarini ochish istiqbollari hamda yuklarni, jumladan, kundalik ehtiyojlar uchun zarur tovarlarni ikki davlat hududlari orqali o‘zaro tashish masalalarini muhokama qilish uchun Xalqaro avtomobil transporti bo‘yicha Aralash komissiya yig‘ilishini o‘tkazish lozimligi ta’kidlandi.

Mavzuga oid