Navoiyda shamol elektr stansiyasi qurish loyihasi yilning eng yaxshi bitimi deb topildi
Masdar kompaniyasining Navoiy viloyatida elektr stansiyasini qurish loyihasi Markaziy Osiyoda yilning eng yaxshi bitimi deb topildi.
Birlashgan Arab Amirliklari Masdar kompaniyasining Navoiy viloyati Zarafshon shahrida 500 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi PFI Awards tomonidan Markaziy Osiyoda yilning eng yaxshi bitimi deb topildi. Bu haqda PFI Awards hisobotiga tayangan holda O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
PFI Awards (Project Finance International) loyihalarni moliyalashtirish sohasidagi eng nufuzli mukofotlardan biri bo‘lib, har yili Yevropa, AQSh, Osiyo, Yaqin Sharq va Afrikadagi loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha eng yaxshi operatsiyalar uchun beriladi.
Elektr stansiyasini qurish loyihasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va «Masdar» kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan Investitsiya shartnomasi shartlari asosida amalga oshirilmoqda.
Shartnoma Masdar kompaniyasiga 25 yil davomida elektr stansiyasini moliyalashtirish, loyihalash, qurish va ishlatish huquqini beradi.
Loyihani amalga oshirish uchun 600 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishi rejalashtirilgan. Elektr stansiyasi ishga tushirilgach, yiliga 545 million kub metr tabiiy gaz tejaladi va karbonat angidrid chiqindilarini yiliga 1,1 million tonnaga kamaytirib, yiliga 500 ming xonadonning iste’moliga teng bo‘lgan 1,6 mlrd KVt-s elektr energiyasi ishlab chiqarishni ta’minlaydi.
Investitsiya loyihasi O‘zbekiston hukumati tomonidan 2026 yilga borib elektr energiyasi ishlab chiqarishning umumiy hajmida qayta tiklanadigan energiya manbalari ulushini 25 foizga yetkazish bo‘yicha belgilangan vazifalarni hal etishga qaratilgan.
Mavzuga oid
18:20 / 18.12.2024
O‘zbekiston 2025 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib beradi
23:12 / 12.12.2024
Samarqandda 5,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilindi
18:33 / 03.12.2024
Toshkentda 4 dekabr kuni elektr ta’minotidan uziladigan hududlar ma’lum qilindi
19:04 / 02.12.2024