«Yuksalish» maktablarda o‘qish boshlanishini keyingi haftaga qoldirishga chaqirdi
Harakat rahbari Bobur Bekmurodov hududlarda maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida isitish tizimlari to‘laqonli yo‘lga qo‘yilmaganiga e’tibor qaratgan.
«Yuksalish» umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov o‘z sahifasi orqali tashkilotlarni maktablarda o‘qish jarayonlarini tiklash qarorini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.
«Biz mahalliy davlat hokimiyati organlari va ta’lim jarayonlariga mas’ul hududiy idoralarni maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida o‘qish jarayonlarini keyingi haftadan boshlash masalasini ko‘rib chiqishga chaqiramiz.
Avvalo, anomal sovuq va yog‘ingarchilik sharoitida o‘quvchilarning ta’lim muassasasiga yetib kelishi keskin qiyinlashadi. Ayrim qishloqlarda bolalar bir necha kilometr piyoda yurib maktabga qatnashini inobatga olish zarur.
Qolaversa, murojaatlarga ko‘ra, qator hududlarda maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida isitish tizimlari to‘laqonli yo‘lga qo‘yilmagan.
O‘qishni boshlashning aniq muddatini belgilash qarori nafaqat ta’lim muassasalari ma’muriyati, balki ota-onalar va pedagogik tarkib bilan maslahatlashgan holda qabul qilinishi lozim», deya yozgan u.
- Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi boshida O‘zbekistondagi ta’lim tashkilotlarida anomal sovuq sabab qishki ta’til 18 yanvargacha uzaytirilgandi.
- 10 yanvar kuni Oliy ta’lim vazirligi 11 yanvardan universitet, texnikum, kollej va litseylarda darslar boshlanishini e’lon qildi. Shuningdek, Andijon va Xorazm viloyatlaridagi ta’lim muassasalarida, jumladan maktablarda ham 11 yanvardan o‘quv jarayonlari boshlanishi ma’lum qilindi.
Mavzuga oid
10:25 / 12.12.2024
Maktablarda qishki ta’til 29 dekabrdan boshlanadi
13:28 / 10.12.2024
Uzbekistan Airways talabalar uchun chiptalarga chegirma e’lon qildi
16:10 / 03.12.2024
Qaysi deputat qanday ovoz bergani ochiq bo‘lishi kerak - Bobur Bekmurodov
21:04 / 02.12.2024