O‘zbekiston | 08:01 / 11.01.2023
4912
1 daqiqa o‘qiladi

Davlat organlarida ichki auditni o‘tkazish tartibi tasdiqlandi

Foto: Shutterstock

O‘zbekiston moliya vazirining “Ichki audit tadbirlarini o‘tkazish qo‘llanmasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i qabul qilindi.

Hujjat vazirlik va idoralarda ichki audit o‘tkazish, ichki audit jarayonida hujjatlarni rasmiylashtirish, natijalar bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish tartibini belgilaydi va kerakli hujjatlar shakllarini aks ettiradi.

Audit obekti xavf darajalarini aniqlashda quyidagi xavf omillaridan foydalaniladi:

  • obekt yillik moliyalashtirish hajmi;
  • obektga ajratilgan mablag‘lar o‘zlashtirilishi;
  • obektda rahbariyat va moliya-xo‘jalik tuzilmalari xodimlari qo‘nimsizligi;
  • obektning moliyaviy faoliyatiga oid jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari;
  • faoliyat yuritayotgan xodimlar soni;
  • o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni;
  • tuzilgan shartnomalar soni;
  • ichida moliyaviy nazorat va ichki audit tadbiri amalga oshirilmagan davr;
  • debitor va kreditor qarzdorlik hajmi o‘sishi.

Mavzuga oid