O‘zbekiston | 09:21 / 13.01.2023
5031
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston 9 ta davlatga 2 mln dollarlik anjir yetkazib berdi
O‘zbekiston qiymati 2 mln AQSh dollarlik anjir eksport qilgan.
2022 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 9 ta davlatga qiymati 2 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 7,2 ming tonna anjir eksport qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, anjir eksporti 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,7 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning 11 oyida O‘zbekiston eng ko‘p anjir eksport qilgan davlatlar orasida Qozog‘iston birinchi o‘rinni egalladi – 6,9 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Rossiya – 189 tonna;
- Qirg‘iziston – 84 tonna;
- Belarus R. – 4,1 tonna;
- BAA – 1,3 tonna.
2022 yilning 11 oyida xorijga eng ko‘p anjir eksport qilgan hududlar:
- Xorazm viloyati – 2,7 ming tonna;
- Surxondaryo viloyati – 2,6 ming tonna;
- Namangan viloyati – 1,1 ming tonna.
Mavzuga oid
13:52 / 21.12.2024
O‘zbekiston eksportida xususiy sektor ulushi 60 foizga yetkaziladi
12:56 / 19.12.2024
AQSh O‘zbekiston za’faroni eksporti uchun berilgan ruxsatnoma muddatini uzaytirdi
20:50 / 17.12.2024
O‘zbekistonning 18 tonna zararli pomidori Rossiya bozoriga kiritilmadi
18:11 / 12.12.2024