O‘zbekiston | 11:23 / 13.01.2023
3613
2 daqiqa o‘qiladi

Qonunchilik va huquqiy siyosat institutining vazifalari belgilandi

Foto: Shutterstock

Prezidentning “O‘zbekiston prezidenti huzuridagi qonunchilik va huquqiy siyosat institutining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish uchun Prezident huzurida Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti tashkil etildi. U davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasasi shaklida tashkil etildi. Institut faoliyatiga umumiy rahbarlik Prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Institutning asosiy vazifalari belgilandi:

  • Prezidentning huquqiy siyosatni shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlashni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • qonun loyihalarini ishlab chiqish va parlamentga kiritish bo‘yicha dasturlarni shakllantirish va amalga oshirishni, qonun loyihalarini Oliy Majlis palatalarida ko‘rib chiqish va qabul qilishning barcha bosqichlarida ularning o‘tishini monitoring qilish;
  • qonunchilik hujjatlarining tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish va amalga oshirilishini monitoring qilish, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • milliy qonunchilikni rivojlantirishni prognozlash sohasida tizimli tadqiqotlarni, ilg‘or xalqaro tajriba, zamonaviy yuridik fan yutuqlari, yuridik amaliyotdan foydalanish asosida ushbu tadqiqotlar natijalarining qonun ijodkorligi ishlariga doir davlat dasturlarini tayyorlash jarayoniga joriy etilishini tashkil etish;
  • mamlakatda huquqiy siyosatni amalga oshirish, konstitutsiyaviy va davlat qurilishi sohalarida olib borilayotgan fundamental va amaliy tadqiqotlarni umumiy muvofiqlashtirish.

Mavzuga oid