O‘zbekiston | 16:17 / 13.01.2023
5253
2 daqiqa o‘qiladi

Tezkor-qidiruv organlari giyohvandlik vositalarini ekspress tekshirishni boshlaydi

Hukumat qarori bilan Tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari, prekursorlar, kuchli ta’sir qiluvchi moddalar hamda valuta namunalarini ekspress tekshirish jarayonida texnik vositalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

2023 yil 1 iyuldan tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar: 

  • giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq holatni qayd etishda aniqlangan modda (buyum)ning giyohvand vositasiga taalluqli ekanligiga shubha paydo bo‘lganda;
  • aniqlangan modda (buyum)ni giyohvandlik vositalarining qaysi turiga mansubligi bo‘yicha savol tug‘ilganda;
  • giyohvandlik vositalarining yangi turlari aniqlanganda;
  • tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda aniqlangan valuta namunasi qalbaki ekanligiga shubha paydo bo‘lganida;
  • tezkor-qidiruv tadbirlari davomiyligini ta’minlash zarurati yuzaga kelganda, tezkorlikni amalga oshirish hamda tegishli vaqtni tejash maqsadida mazkur modda (buyum) yoki valuta namunalarini ular aniqlangan joyning o‘zida yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar binosida ekspress tekshirish texnik vositalari yordamida tekshiradi. 

Ekspress tekshirish texnik vositasidan foydalanilgan har bir yuqoridagi holatning foto va videotasvirlari hisobotining yuritilishini ta’minlash maqsadida ular alohida yig‘majild ko‘rinishida 2 yil davomida saqlanadi.

Mavzuga oid