O‘zbekiston | 19:08 / 15.01.2023
49785
3 daqiqa o‘qiladi

«O‘zgidromet» 16 yanvar kungi ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

Ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin.

Foto: Kun.uz

Respublika Gidrometeorologiya markazi 16 yanvar, dushanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-16 daraja sovuq, kunduzi 3-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chish havfi bor. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.

Mavzuga oid