Davlat xizmatchilari faoliyatini baholash uslubi tasdiqlandi
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining “Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini eng muhim ko‘rsatkichlar asosida baholash uslubiyatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i qabul qilindi.
Tasdiqlanayotgan uslubiyot davlat xizmatchilarini ustamalar qo‘llash va lavozimi bo‘yicha ko‘tarish maqsadida ularning faoliyatining samaradorligini aniqlash tartibini belgilaydi.
Davlat organida har bir lavozim uchun aniq, o‘lchanadigan, erishish mumkin bo‘lgan, bajarish muddatiga ega bo‘lgan samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari tasdiqlanadi.
Davlat xizmatchisining samaradorlik ko‘rsatkichi ballar berish orqali baholanadi:
- 60 ballgacha –qoniqarsiz;
- 60-80-ball – qoniqarli;
- 80-100-ball – yaxshi;
- 100 ball va undan yuqori – a’lo
Quyidagi holatlarda baholash o‘tkazilmaydi:
- davlat xizmatchisi ishga qabul qilinganiga 3 oy to‘lmaganda;
- davlat xizmatchisi ta’tilda bo‘lgan davrda;
- davlat xizmatchisi malaka oshirishda, xizmat safarida bo‘lganida;
- davlat xizmatchisi idoralararo ishchi guruhlarga jalb qilinganida.
Davlat xizmatchisi faoliyatini baholash natijasiga ko‘ra «yaxshi» va «a’lo» deb baholangan taqdirda davlat organi rahbari tomonidan quyidagi qo‘shimcha rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi mumkin:
- birinchi navbatda lavozimda o‘stiriladigan nomzodlar qatoriga kiritish;
- lavozimda o‘stiriladigan potensial nomzodlar qatoriga kiritish;
- malaka darajasini navbatdan tashqari berish;
- nomoddiy tusdagi rag‘batlantirish;
- berilgan intizomiy jazo chorasini olib tashlash;
- boshqa rag‘batlantirish choralari.
Mavzuga oid
18:36 / 11.12.2024
Faoliyat yuritmayotgan korxonalar bir yil muddatga harakatsiz rejimga o‘tkaziladi
13:02 / 28.08.2024
Mol-mulkning haqiqiy qiymatini aniqlashda yagona yondashuv joriy etiladi
11:05 / 08.05.2024
Baholashning yangi tizimi joriy etilgan maktablar faoliyati qanday baholanishi ma’lum bo‘ldi
13:14 / 13.01.2024