Jamiyat | 15:43 / 17.01.2023
54705
2 daqiqa o‘qiladi

“Monstrlar” - Kun.uz multfilm

Hammaga teng imkoniyat bermasdan, tanlab olingan shaxslarga alohida mavqe berish bir kun kelib ularni ajdaholarga aylantiradi.

Kimgadir alohida mavqe berib, boshqalardan ustun qilib qo‘yish faqat bitta natija keltiradi – jamiyatda, iqtisodiyotda sog‘lom muvozanat buziladi. Buning ortidan qonunsizlik muhiti yuzaga keladi.

Bu yerda gap “tanlanganlar”ning insofsizligida ham emas. Gap shundaki, bunaqa mavqe olganlar suiiste’molliklar yo‘liga o‘tishdan o‘zini saqlab qololmaydi – noto‘g‘ri muhit ularni shunga majburlaydi.

Umuman olganda, davlat va jamiyat ishlarida insofga suyanib bo‘lmaydi. Hamma narsa qonunlar orqali hal qilinishi kerak. Hamma qonun oldida barobar bo‘lishi shart.

So‘zda emas, amalda.

Kun.uz navbatdagi multfilmida alohida odamlarga beriladigan mavqe ularni qanday qilib ajdaholarga aylantirishi va jamiyat boshiga kulfat bo‘lishini tushuntirib beradi.

Ssenariy muallifi va rejissyor: Shokir Sharipov
Rassom-animator: Javlon Turdixo‘jayev

  • Kun.uz'ning ijtimoiy dolzarb mavzulardagi boshqa multfilmlari bilan ushbu havolada tanishing.

Mavzuga oid